Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Talabalar turar joyida "Kafedra kunlari" o'tkazilmoqda


 Joriy yilning 16-dekabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri I.Shermetov talabalar turar joyiga tashrif buyurib, belgilangan tadbirlar rejasi doirasida uchrashuv tashkil qildi. 

Uchrashuv rus tili ta'lim yo'nalishi talabalariga "Bo'sh vaqtdan samarali foydalanish" mavzusida bo'lib o'tdi. Unda talabalar uchun kerakli tavsiyalar berildi. Ichki odob-axloq qoidalari tushuntirildi. Har bir daqiqaning qadriga yetish, o'quv jarayonida talabalikning mas'uliyatli jihatlariga ahamiyat qaratish kerakligi aytildi. 

Ulashish