Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Men ham jurnalist bo‘laman” to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi


Bugun, 25-dekabr kuni O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi hamda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamkorligida tashkil etilgan “Men ham jurnalist bo‘laman” ijodiy to‘garagining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi. Bugungi mashg‘ulot “Jurnalistikada xabar janri” mavzusiga bag‘ishlandi.

Uchrashuv  davomida taniqli jurnalistlar, xususan, Jurnalistlar uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari D.Bekchanova, “Ishonch” gazetasi muharriri M.To‘rabayeva hamda universitet Axborot xizmati rahbari M.Axmedova talabalarga xabar janri haqida atroflicha ma’lumotlar berib, o‘z ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar. Shuningdek, talabalar amaliy topshiriqlarni bajarish orqali o‘zlarini sinab ko‘rib, jurnalistikaga bo‘lgan qiziqish va mahoratlarini namoyon etdilar.

Mazkur toʻgarak talabalar uchun foydali va qiziqarli bo‘lib, jurnalistika sohasiga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun muhim tajriba maktabiga aylanmoqda.

Ulashish