Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Kengash yig‘ilishida fakultet va kafedralar faoliyati eʼtirof etildi


Kengash yig‘ilishi doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida ilmiy-innovatsion faoliyatni yuksaltirish, ilmiy-tadqiqot ishlari samaradorligini oshirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgan tarkibiy tuzilmalar alohida e’tirof etildi.

Jumladan, Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar, Texnika hamda Fizika-matematika fakultetlari, shuningdek, Kimyoviy texnologiyalar, Elektrotexnika va energetika, Fizika kafedralari jamoalariga Tashakkurnomalar topshirildi.

Kengash yig‘ilishida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “2025-yilning eng faol kafedrasi” tanlovi doirasida turli nominatsiyalar bo'yicha bir qator kafedralar munosib taqdirlandi.

“Xo‘jalik shartnomalardan mablag‘ tushirish” nominatsiyasi bo'yicha:
Kimyoviy texnologiyalar kafedrasi 1-darajali;
Pedagogika va psixologiya kafedrasi 2-darajali;
Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi 3-darajali Diplom.

“Dunyoning TOP-300 reytingiga kirgan OTM dasturlari asosida tuzilgan dasturlar” nominatsiyasi bo‘yicha:
Biznes va boshqaruv kafedrasi 1-darajali;
Iqtisodiyot kafedrasi 2-darajali;
Elektrotexnika va energetika kafedrasi 3- darajali Diplom.

“Ilmiy loyihalardan mablag‘ tushirish” nominatsiyasi bo‘yicha:
Fizika kafedrasi 1 – darajali;
Qurilish kafedrasi 2-darajali;
Ekologiya va hayot faoliyati xavfsizligi kafedrasi 3-darajali Diplom.

“Yangi adabiyotlar tayyorlash va nashr qilish” nominatsiyasi bo‘yicha:
Boshlang‘ich taʼlim metodikasi kafedrasi 1 – darajali;
Sanʼat kafedrasi 2-darajali;
Agronomiya kafedrasi 3-darajali Diplom.

 “Dual taʼlim asosida taʼlim jarayonini yo‘lga qo‘yganligi uchun” nominatsiyasi bo‘yicha:
Yengil sanoat texnologiyalari va jihozlari kafedrasi 1 – darajali;
Oziq-ovqat texnologiyasi kafedrasi 2-darajali;
Transport tizimlari kafedrasi 3-darajali Diplom.

“Xorijiy grant mablag‘larini universitet hisob raqamiga tushirish” nominatsiyasi bo‘yicha:
Matematik tahlil kafedrasi 1 – darajali;
Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi 2-darajali;
Ma'lumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi 3-darajali Diplom.

“HEMIS tizimida maʼlumotlarning to‘liqligi” nominatsiyasi bo‘yicha:
Biologiya kafedrasi 1 – darajali;
Arxitektura kafedrasi 2-darajali;
Maʼlumotlar uzatish tarmoqlari va tizimlari kafedrasi 3-darajali Diplom.

Ulashish