Bugun Urganch davlat universitetida yoshlar ongini yot g‘oyalar va xavfli illatlardan himoya qilishga qaratilgan targ’ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur tadbir “Kiberjinoyat va uni oldini olish” hamda “Giyohvandlikka qarshi kurashish — eng asosiy vazifamiz” mavzulariga bag’ishlandi.
Unda Xorazm viloyati hokim o‘rinbosari S.Salayev, universitet rektori F.Madrahimova hamda prorektorlar, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xodimi D.Eshchonov hamda Viloyat IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimi, podpolkovnik Q.Jumaniyozov ishtirok etib, bugungi globallashuv davrida yoshlar duch kelayotgan tahdidlar, xususan, kiberjinoyatchilik va giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida atroflicha fikr yuritdilar.
Ta’kidlanganidek, raqamli texnologiyalar hayotimizga keng kirib kelayotgan bir paytda kiberjinoyatlar sonining ortib borayotgani jiddiy xavotir uyg‘otmoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlardan noto‘g‘ri foydalanish natijasida firibgarlik, shaxsiy ma’lumotlarning o‘g‘irlanishi kabi holatlar ko‘payib borayotgani yoshlarni hushyor va ogoh bo‘lishga undaydi. Shu bilan birga, zararli odatlarning eng xavflilaridan biri bo‘lgan giyohvandlik ham nafaqat inson salomatligi, balki jamiyat taraqqiyoti uchun katta tahdid ekani alohida qayd etildi.
Uchrashuv davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldilar.
.jpg)
.jpg)



.jpg)

.jpg)

