Close
Skip to main content


Rektoroldi kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova raisligida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish avvalida universitetda o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarning yakunlari, 2026/2027-o‘quv yili uchun qabul jarayonlarining borishi muhokama qilindi.

Shuningdek, talabalar bandligini ta’minlash, “Kelajakka qadam” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Universitet ilmiy va pedagogik salohiyatidan samarali foydalanish, mavjud imkoniyatlar asosida “Spin-off” korxonalar hamda yangi o‘quv yilidan boshlab turli yo‘nalishlarda xizmat ko‘rsatish markazlarini tashkil etish masalalari yuzasidan takliflar ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish davomida universitetda besh kunlik ish rejimiga bosqichma-bosqich o‘tish istiqbollari bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi.

Bundan tashqari, ilmiy va innovatsion ishlanmalarni amaliyotga tatbiq etish, ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, ilmiy g‘oyalar va istiqbolli loyihalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startapchilar klubi”ni tashkil etish, shuningdek, universitetni kompleks akkreditatsiyadan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Kun tartibidan bitiruvchilarga diplom topshirish jarayonlarini samarali tashkil etish, talabalar o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, qayta o‘qishni tashkil etish, talabalarning ijtimoiy faolligini baholash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlili ham o‘rin oldi.

Yig‘ilish yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.