Bugun Buxoro davlat universiteti rektori Obidjon Xamidov va O‘zbekiston Qahramoni, akademik Muhammadjon Axmedovlar Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdilar.
Mehmonlarni Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova kutib oldi. Tashrif avvalida mehmonlar bilan samimiy muloqot o‘tkazilib, ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlash, o‘zaro tajriba almashish va istiqboldagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi.
Rasmiy muzokaralardan so’ng, Buxoro davlat universiteti va Urganch davlat universiteti o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risidagi memorandum imzolandi. Memorandum doirasida professor-o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar, doktorantlar va talabalar almashinuvi, akademik mobillikni rivojlantirish, qo‘shma ilmiy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish, xalqaro grant va ilmiy dasturlarda hamkorlik qilish, ilmiy-uslubiy adabiyotlarni birgalikda tayyorlash kabi qator istiqbolli yo‘nalishlarda ish olib boriladi.
Hamkorlikning muhim yo‘nalishlari qatoridan sun’iy intellekt, raqamli ta’lim texnologiyalari va raqamli transformatsiya sohalarida tajriba almashish, yosh olimlar va iqtidorli talabalarni ilmiy hamda innovatsion faoliyatga keng jalb etish ham o‘rin olgan.




.jpg)


.jpg)

