Close
Skip to main content


Yoshlar kuni munosabati bilan ochiq muloqot o‘tkazildi


Bugun, payshanba — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Sport vazirligining Ommaviy sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi boshlig'i Sherzod Olimov Urganch davlat universitetida bo'lib, rektor Feruza Madrahimova hamrohligida universitet talaba-yoshlari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Dastlab universitet rektori Feruza Madrahimova mehmonni talaba-yoshlarga tanishtirib, bugungi kunda sport sohasida erishilayotgan yutuqlar, xalqaro musobaqalardagi natijalar haqida to'xtalib o'tdi. Uchrashuvda Sh.Olimov tomonidan bugungi kun lider yoshlari qanday fazilatlarga ega bo‘lishi lozimligi xususida atroflicha so'z yuritilib, sport sohasi va yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida to'xtaldi. Hududlardagi iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularni sportga keng jalb etish va qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuvda sport sohasini raqamlashtirishga qaratilgan loyihaning ishlash mexanizmlari, bugungi kunda yoshlarning sportdagi o‘rni hamda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida ham batafsil ma’lumot berildi.

Muloqot yakunida talaba-yoshlar muntazam sport bilan shug‘ullanish, kitob mutolaasini kundalik odatga aylantirish va doimo o‘z ustida ishlashga da’vat etildi.