Shu kunlarda Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida Xalqaro hamkorlik bo’yicha prorektor Oybek Sotiboldiyev va Protokol xizmati rahbari Dilfuza Xajiyevalar Turkiya Respublikasida xizmat safarida bo’lib turibdilar.
Bugun rektorimiz boshchiligida delegatsiya Antalya Belek universitetiga tashrif buyurib, universitet prorektori Mustafa Fadil So’zen (universitetning sobiq rektori) va universitet Kuzatuv kengashi raisi Ilker Tuncay (Turkiyaning sobiq Qishloq xo’jalik vaziri) bilan muloqot olib bordilar. O’zaro muzokaralar natijasida ikkala OTMlar o’rtasida o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik shartnomasi imzolandi.

.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)


