Bugun “Payşanba — yoşlar kuni” doirasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova Sport faoliyati fakultetining bir guruh sportçi talabalari bilan uçraşdi.
Uçraşuv davomida rektor sportning yoşlarni har tomonlama barkamol etib tarbiyalaşdagi örni, soğlom turmuş tarzini şakllantirişdagi ahamiyati hamda universitetda sportni yanada rivojlantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Şuningdek, sportçi talabalarning respublika va xalqaro miqyosdagi musobaqalarda qölga kiritayotgan yutuqlari universitet nufuzini yuksaltiriş, uning sport sohasidagi salohiyatini namoyon etişda muhim ahamiyat kasb etişi ta’kidlandi.
Samimiy muloqot davomida rektor yoşlarni mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanişga, muntazam izlaniş va maşğulotlar orqali sport mahoratini oşirişga, nufuzli xalqaro musobaqalarda munosib iştirok etib, yanada yuqori natijalarga erişişga undadi.
Uçraşuv davomida talaba-yoşlarning muammolari, taklif va taşabbuslari tinglanib, masʼullarga tegişli topşiriqlar berildi.



.jpg)


