



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Intellektual ilmlar va texnologiyalar” fakuleti “Dasturiy injiniring”
kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan tashkil topgan jamoa 15-Xitoy innovatsiya va tadbirkorlik tanlovining “AI + qurilish
texnikasi” yoʼnalishida 3-oʼrinni (三等奖, Third Prize) qoʼlga kiritdi. Jamoa “Professional Contest” yoʼnalishining jamoalar
guruhida, “AI + Mahsulot” boʼlimida ishtirok etdi.
Tanlov Xitoy Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligining “Mashʼal” yuqori texnologiyalar markazi, Szyansu provinsiyasi
hukumat idoralari, Syujou shahar hokimiyati, Xitoy mashinasozlik sanoati federatsiyasi va Xitoy qurilish texnikasi
assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etildi. Uni dunyoning yetakchi qurilish texnikasi ishlab chiqaruvchilaridan biri — XCMG
kompaniyasi oʼtkazdi.
Loyiha — SmartFleet UZ. Bu UzXCMG ishlab chiqaradigan qurilish texnikasi uchun sunʼiy intellekt asosidagi platforma. U
texnikadagi nosozliklarni oldindan aniqlaydi va operatorlarga oʼzbek, rus va ingliz tillarida real vaqtda maslahat beradi.
Jamoa aʼzolari:
Jumanazarov Azizbek — loyiha rahbari
Madaminov Uktamjon — kafedra dotsenti
Egamberganova Fazilat — kafedra o'qituvchisi
Sharipova Saidaxon — kafedra o'qituvchisi
Tanlov bosqichlari:
Sentabr: loyiha topshirildi.
16-oktabr: yarim final.
29-oktabr: final himoyasi (onlayn).
30-oktabr: Syujou shahrida taqdirlash marosimi boʼlib oʼtdi.
Natija: xorijiy davlatlardan kelgan 125 ta loyihadan 12 tasi finalga chiqdi. Dasturiy injiniring jamoasi — Markaziy Osiyodan
yagona sovrindor bo'ldi.
3-oʼrin sovrindorlari orasida Nankay universiteti, Tongji universiteti va Changʼan universiteti kabi Xitoyning yetakchi oliy
oʼquv yurtlari ham ishtirok qildi.
https://www.ictice.com/notice/award-results