Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganç davlat universitetida buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini uluğlaş, ularning xotirasini abadiylaştiriş hamda yoş avlod örtasida milliy qadriyatlarni keng tarğib etiş maqsadida barpo etilgan “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni”ning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi.
Tadbirda viloyatimiz, respublikamizning turli hududlari hamda xorijdan taşrif buyurgan ilm-fan, adabiyot va ma’rifat ahli, taniqli adabiyotşunos va tarixçi olimlar, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar hamda talaba-yoşlar iştirok etdi.
Marosimni universitet rektori Feruza Madrahimova oçib berib, xiyobonning taşkil etilişidan közlangan maqsad va uning ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatiga töxtaldi. Şuningdek, Xorazm viloyati hokimi örinbosari Şerzod Berdiyev, Özbekiston Qahramoni Anora Mahmudova hamda siyosiy fanlar doktori, professor Nazrulla Jörayev sözga çiqib, buyuk ajdodlarimizning ilm-fan va madaniyat taraqqiyotiga qöşgan hissasini e’tirof etdilar. Universitet professori, faxriy ustoz Otavoy Jumaniyozov tomonidan ötganlar xotirasi yod etilib, ularning ruhiga fotiha qilindi.
Şundan söng ramziy tasma kesilib, “Buyuk mutafakkirlar xiyoboni” rasman foydalanişga topşirildi. Universitet rektori Feruza Madrahimova mehmonlarni yangi maskan bilan yaqindan taniştirdi. Ta’kidlanganidek, xiyobonda jahon ilm-fani, adabiyoti va tamadduni rivojiga beqiyos hissa qöşgan 18 nafar buyuk siymoning haykallari qad rostlagan. Mazkur maskan talaba-yoşlarda milliy ğurur, tarixiy xotira va ajdodlar merosiga hurmat tuyğularini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Tadbir doirasida “Yaşil makon” umummilliy loyihasi asosida köçat ekiş taşabbusi ham amalga oşirildi. Unda mehmonlar, universitet rahbariyati, professor-öqituvçilar va talaba-yoşlar birgalikda xiyobon hududiga manzarali daraxt köçatlarini ekdilar.
Şuningdek, taşrif buyurgan mehmonlar universitet rektori hamrohligida oliygohda amalga oşirilgan bunyodkorlik işlari, yangi taşkil etilgan maskanlar hamda yaratilgan zamonaviy şart-şaroitlar bilan yaqindan tanişdilar.
“Buyuk mutafakkirlar xiyoboni”ning oçilişi universitet hayotidagi muhim ma’naviy-ma’rifiy voqea bölib, ajdodlarimizning bebaho merosini asrab-avaylaş, uni kelajak avlodga yetkaziş hamda yoşlarni ilm-fan va ma’rifatga ruhlantiriş yölidagi ezgu taşabbuslardan biri böldi.














