13-may kuni “Ingliz tili va adabiyoti” kafedrasi o‘qituvchisi Sapayeva Bibijon tomonidan 2504-B guruhi talabalari bilan hamkorlikda “World Foods” mavzusida ochiq dars tashkil etildi. Mazkur ochiq darsning asosiy maqsadi talabalarning ingliz tilidagi nutq kompetensiyasini rivojlantirish, lug‘at boyligini oshirish hamda turli xalqlarning milliy taomlari orqali madaniy dunyoqarashini kengaytirishdan iborat bo‘ldi.
Dars davomida o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid nazariy tushunchalar, turli davlatlarning mashhur taomlari, ularning tayyorlanish jarayoni va o‘ziga xos xususiyatlari haqida ilmiy asoslangan ma’lumotlar berildi.
Talabalarning faol ishtirokini ta’minlash maqsadida ular bilan savol-javob mashqlari, taomlarni tasvirlash, berilgan so‘z va iboralar asosida og‘zaki matn tuzish hamda guruhlarda fikr almashish kabi interfaol topshiriqlar bajarildi.
