Bugun Urganch davlat universiteti talaba-yoshlarining kitobga bo'lgan mehrini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini yoshlar orasida keng targ'ib qilish maqsadida Filologiya va san’at fakulteti tashabbusi bilan o’tkazilib kelinayotgan "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final soni bo'lib o'tdi.Tanlovning final bosqichida ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazish maqsadida o‘zbek va rus adabiyotining sara asarlari asosida bellashdilar. Jumladan, rus adabiyoti yo‘nalishida Ivan Buninning “Arsenyevning hayoti”, Fyodor Dostoyevskyning “Kambag‘allar” hamda Mikhail Bulgakovning “Usta va Margarita” asarlari yuzasidan ishtirokchilar bilim va tafakkurlarini namoyon etdilar. Talabalarning chiqishlari hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib borilib, FIlologiya tillarni o`qirish:rus tili ta`limi yo`nlaishi 223-guruh talabasi Hayitboyeva Oqilaxon final sonida g`olib bo`lganligi e’lon qilindi
Tanlov yakunida Filologiya va san'at fakulteti dekani D.G'ayipov so'zga chiqib, kitobxonlik hamda kitobning inson ma'naviy olamidagi ahamiyati haqida fikr yuritdi, bu borada talabalarning muvaffaqiyatlarini e'tirof etdi. Shuningdek, "Kitobxon talaba" ko'rik-tanlovining final soni g'olibi e'lon qilib, munosib taqdirladi.