Faxriy ustozlarga ehtirom
Bugun Xorazm viloyati hokimligida o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, boy hayotiy tajribasi hamda jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi bilan el-yurt hurmatini qozongan bir guruh nuroniylarga "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi.Marosimda viloyat hokimi Jo‘rabek Raximov ishtirok etib, viloyatimizning 56 nafar munosib faxriyiga ushbu yuksak e'tirofni topshirdi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar orasida Urganch davlat universitetining faxriy ustozi, jumladan, Rus tili va adabiyoti kafedrasi professor v.b., filologiya fanlari doktori Otanazar Cho‘ponov ham bor.Ustozlarimizning ilm-fan rivoji, malakali kadrlar tayyorlash va yosh avlodni tarbiyalash yo‘lidagi ko‘p yillik samarali mehnati ana shunday yuksak e'tirof bilan taqdirlangani universitetimiz jamoasi uchun alohidа ahamiyatga ega va universitet jamoasi uchun quvonarli jarayonlardan biri hisoblanadi.