2023-yil 23-fevral kuni sanasida Urganch davlat universiteti Kengashining 7-majlisi bo‘lib o‘tdi. Kengash universitet rektori Baxrom Abdullayev raisligida va Kengash a’zolari ishtirokida o‘tkazildi.
Kengash yigʻilishida kun tartibidan oʻrin olgan masalalar boʻyicha axborot va hisobotlar tinglandi:
-Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi yakunlari haqida;
-Urganch davlat universitetining 2022-yildagi moliyaviy va xoʻjalik faoliyati yakunlari toʻgʻrisida;
-Universitetda tyutorlarning talabalar bilan olib borayotgan ishlari samaradorligi toʻgʻrisida;
-Bitiruv malakaviy ishlari va magistrlik dissertatsiyalarining bajarilish holati, mavzularining mintaqa muammolari bilan bogʻliqligi toʻgʻrisida;
-Universitetda yangi 2023-2024-oʻquv yiliga tayyorgarlik ishlarining tashkil etilishi toʻgʻrisida;
-Urganch davlat universitetining Kimyoviy texnologiyalar va Texnika fakultetlarida talabalar bandligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida.
Shuningdek, turli xil masalalar muhokama qilinib, tegishli taklif va fikrlar bildirildi.




