Bugun, 9-aprel kuni Urganch davlat universitetida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti tashabbusi bilan Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag’ishlab tadbir o’tkazildi.
Tadbirda Amir Temur va temuriylar davri diplomatiyasi, temuriylar davridagi Xorazm shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti, buyuk bobokalonimiz tuzuklari hamda uning bunyodkorlik g’oyalarining yoshlar ma’naviy dunyoqarashini shakllantirishda tutgan o’rni haqida Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani I.Abdullayev, “Tarix” kafedrasi mudiri U.Abdullayev, kafedra dotsentlari Sh.Yusupov va A.Yusupov hamda o’qituvchilari M.Xasanov va O.Madaminovlar ma’ruza qilishdi.
Shuningdek, fakultet talaba-yoshlari tomonidan tashkil etilgan badiiy chiqishlar tadbirga o’zgacha ko’tarinkilik baxsh etdi.



