Close


"Union" brendi ostidagi ta'lim-tarbiya sohasi hamda Urganch davlat universiteti o'rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi


10-sentabr kuni Toshkentdagi "H2O Project group" boshqaruv kompaniyasi rahbari Dilshod Tursunov Urganch davlat universiteti bilan hamkorlik o'rnatish maqsadida oliygohda bo'lib, rektor Baxrom Abdullayev bilan uchrashdi. 

Uchrashuvda ushbu kompaniya tomonidan yaratilgan "Union" brendi ostidagi ta'lim-tarbiya sohasi hamda Urganch davlat universiteti o'rtasida qo'shma o'quv, uslubiy va ta'lim faoliyati sohasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Memorandum umumta'lim tizimini takomillashtirish va texnika taraqqiyotining strategik dasturlariga muvofiq o'zaro manfaatli hamkorlik yo'nalishlarida ish olib borish, innovatsion loyihalarni yaratish va amaliyotga tadbiq qilish kompleks chora-tadbirlarini amalga oshirish, qo'shma korporativ hamkorlikni olib borishni ko'zda tutadi.

 

Ulashish