Bugun, 5-iyun kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan "Farovon oila sari" shiori ostida "Oila mustahkamligi - vatan taraqqiyotining asosi" mavzusida tanlov tashkil etildi.
Tanlov oila a’zolarining bir-biriga bo‘lgan muhabbatni oshirish, hamjihatlik va o’zaro qo‘llab-quvvatlashni rivojlantirish maqsadida tashkil etilib, unda oliygohning barcha fakultetlaridan professor-o’qituvchilar oila a’zolari bilan birgalikda faol ishtirok etishdi.
Tanlovda ishtirokchilar “Oila kvesti”, “Sevgan ovqatni birgalikda tayyorlash”, “Borligingiz uchun rahmat!” va “Biz sportchi oilamiz” kabi 4 ta shart asosida o’zaro bellashishdi va g’oliblik uchun o’zaro bahs olib borishdi.
Tadbir yakunida g‘oliblar aniqlanib, faxriy yorliqlar va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi. Taqdirlash marosimida universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev hamda Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Atajonova so‘zga chiqib, tanlov ishtirokchilarini samimiy tabriklab, ularning oila va jamiyatdagi faoliyatini e’tirof etdilar.
Tanlov natijalariga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘olib deb topildi:
1️⃣ Shahnoza Karimova – Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti;
2️⃣ Dilorom Qoʻziyeva – Filologiya va sanʼat fakulteti;
3️⃣ Mehribon Madrahimova – Fizika-matematika fakulteti.
Bu kabi tanlovlar nafaqat ayollar faolligini rag‘batlantiradi, balki oilaviy qadriyatlarimizni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.









