
18-noyabr kuni oliy ta’lim sohasidagi eng nufuzli xalqaro agentliklardan biri — QS Quacquarelli Symonds 2026-yil uchun “QS Sustainability Rankings – 2026” natijalarini e’lon qildi.
Bu yilgi reyting dunyoning qariyb 2000 ta universitetini qamrab olgan bo‘lib, unda O‘zbekistonning 9 ta oliy ta’lim muassasasi munosib o‘rin egalladi. Ularning orasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 1501+ guruhidan o‘rin egalladi.
Bu natija universitetimizning barqaror rivojlanish yo‘nalishida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli ishlari – ekologiya, ijtimoiy mas’uliyat, resurslardan oqilona foydalanish, innovatsion loyihalar va boshqaruv tizimini takomillashtirish borasidagi izchil harakatlarining samarasi hisoblanadi.
Urganch davlat universiteti xalqaro maydonda o‘z o‘rnini mustahkamlab bormoqda.
Bu yutuq — barchamizniki! Muborak bo‘lsin!