Bugun, 28-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Ilmiy kengashining 4-majlisi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilish universitet rektori v.v.b. S.Xodjaniyazov raisligida, Kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi. Dastlab universitetning ilmiy salohiyatini oshirish yo‘lida salmoqli hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilarga ilmiy daraja va unvonlarning diplomlari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida xorijiy tillar bo‘yicha o‘tkazilgan fan olimpiadasining nemis tili yo‘nalishida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritgan Xorijiy filologiya fakulteti talabasi M.Maqsudovaga sertifikati, ustozi dots.G.Abdullayevaga universiteti maʼmuriyatining tashakkurnomasi topshirildi.
Ilmiy kengashning 4-majlisida kun tartibidan o‘rin olgan quyidagi masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot hamda hisobotlari tinglandi:
Markaziy Osiyo mamlakatlari va AQSH yetakchilarining “S5+1” formatidagi Sammiti yakunlari to‘g‘risida (axborot);
Universitetda 2024-2025 o‘quv yili yakunlari va jamoaning yangi o‘quv yilidagi vazifalari to‘g‘risida (hisobot);
Fizika-matematika fakultetida bitiruvchilar va talabalar bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida (axborot).
Shuningdek, Kengash tomonidan har xil masalalar atroflicha muhokama etildi hamda saylovlar o‘tkazildi.

.jpg)
.jpg)

.jpg)


.jpg)
.jpg)
.jpg)