Bugun, 4-dekabr kuni Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni bo'lib o'tdi.
Unda universitetimizning 6 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro kuch sinashib, oʻz mahoratlarini namoyish qildilar. 1-shartda har bir ishtirokchi o'zi haqidagi barcha ma'lumotlarni she'riy yoki nasriy yo'l orqali bayon qilgan bo'lsalar, 2-shartda esa yangi tahrirdagi O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga doir savollarga javob berdilar.
Har bir shart hakamlar hay'ati tomonidan munosib baholanib borildi. Natijalarga koʻra:
1-o'rin: Aytbayeva Yulduz (Adabiyotshunoslik ta'lim yo'nalishi 1-bosqich magistranti);
2-o'rin: Jumaboyeva Mohichehra (Amaliy filologiya ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabasi);
3-o'rin: Saparboyeva Mohichehra (Matematika ta'lim yo'nalishi 1-bosqich talabasi).
Tanlov davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 223-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiq hamda go'zal raqslar tomoshabinlarda yuqori kayfiyatni uyg'otdi.
Tadbir yakunida fakultet dekani D.G'ayipov boshchiligida fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan g'olib va faol talabalarga diplom va esdalik sovg'alarini topshirildi.

.jpg)
.jpg)
.jpg)


