UI GreenMetric 2025: O‘zbekiston oliygohlari dunyoning TOP-1000 taligidan joy oldi. 2025-yilgi “UI GreenMetric”reytingining rasmiy natijalari eʼlon qilindi.
Dunyoning eng nufuzli “yashil" universitetlar reytingidan oʻrin olgan taʼlim maskanlari orasida Oʻzbekiston oliygohlari ham munosib natijalar bilan qayd etildi.
Joriy yilda 105 davlatdan 1 745 ta universitet baholangan ushbu reytingda Oʻzbekistonning 79 ta oliy taʼlim muassasasi ishtirok etdi. Ulardan 38 tasi dunyoning TOP-1000 taligidan joy olgani soʻnggi yillarda davlatimiz tomonidan ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, bu sohada ilm-fan va ta’limni rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorini koʻrsatadi.
Abu Rayhon nomidagi Urganch davlat universiteti bu reytingda ketma-ket ikkinchi yil ishtirok etib, barqaror rivojlanish va atrof-muhitni muhofaza qilish ko'rsatkichlarini yaxshilashni namoyish etmoqda. 2024-yilda universitet 949-oʻrin, 2025-yilda 803-oʻrinni egalladi.
https://greenmetric.ui.ac.id/rankings/overall-rankings-2025
Universitetimiz erishgan yutuq mamlakatimizda milliy ta’lim tizimini jahon andozalari darajasiga ko‘tarish, Oʻzbekiston universitetlarini jahonning yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan joy olish borasida amalga oshirilayotgan ko‘p qirrali sa’y-harakatlar samaradorligining yorqin dalilidir.
