Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Ibratli ayol”


             Joriy yilning 19-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston san’at saroyida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayevning ommaviy axborot vositalari vakillari, yozuvchi, shoir va adabiyotshunoslar, ijtimoiy tarmoq faollari bilan uchrashuvi o‘tkazildi.

           Unda bugungi kunda yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shayotgan bir guruh jamoat faollari ragʻbatlantirildi. Jumladan, "Tamaddun nuri" jurnali bosh muharriri, Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, Qoraqalpogʻistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Xalqaro Turksoy mukofoti sohibasi, Urganch davlat universiteti Filologiya va san'at fakulteti Rus tili va adabiyoti kafedrasi o'qituvchisi Munavvara Qurbonboyeva "Ibratli ayol" mukofoti bilan taqdirlandi.

           Ustozni ushbu mukofot bilan chin dildan tabriklab, keyingi faoliyatlarida ham muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.

Ulashish