Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



“Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi


Joriy yilning 11-fevral kuni Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Ilm va ayol: barqaror jamiyat sari” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. 

Anjuman doirasida ilm-fan yo‘lida faoliyat olib borayotgan xotin-qizlarning innovatsion loyihalari, startap tashabbuslari va milliy hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi namoyish etildi. Ko‘rgazma orqali mehmonlar ilmiy izlanishlar natijalari, zamonaviy g‘oyalar hamda milliy qadriyatlar uyg‘unligini aks ettirgan ishlanmalar bilan tanishdilar.

Tadbirni universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z. Ibragimov ochib berib, ayollarning ilm-fan rivojidagi o‘rni va ularning jamiyat barqarorligidagi muhim ahamiyatini ta’kidladi.

Anjumanda Olima ayollar uyushmasi, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi vakillari, professor-o‘qituvchilar, ijodkor ayollar hamda talaba-yoshlar faol ishtirok etdi. So‘zga chiqqanlar yurtimizda ayollarning ilmiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosati va oliy ta’lim muassasalarida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlarni alohida e’tirof etdilar.

Tadbir davomida ayol olimalarning ilmiy yutuqlari va ijtimoiy faolligi yoshlar uchun ibrat maktabi ekani qayd etilib, ilm va ayol uyg‘unligi barqaror jamiyat sari yetaklovchi muhim kuch ekani yana bir bor ta’kidlandi.



 

Ulashish