Close


Rektor yoshlar bilan


Urganch davlat universitetida rektori Feruza Madraximovaning talabalar bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuv Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida o‘tkazildi.

Samimiy va ochiq ruhda kechgan muloqot davomida rektor talabalarning fikr va takliflarini tinglab, dolzarb masalalar yuzasidan o‘z munosabatini bildirdi. Xususan, iqtidorli hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni rag‘batlantirish tizimini yanada takomillashtirish, talabalar startap loyihalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, mamlakatimizda yaqinda faoliyat boshlagan Islom sivilizatsiyasi markazining ochilishi xalqimiz ma’naviy hayotida muhim voqea ekani ta’kidlanib, ushbu maskanga universitet talabalari tashrifini tashkil etish masalasi ham muhokama qilindi.

Uchrashuvda turizmni rivojlantirishda yoshlarning innovatsion g‘oyalari, dual ta’lim tizimi, amaliyot jarayonlari hamda to‘garaklar faoliyatini yanada takomillashtirish yuzasidan fikr almashildi.
Talabalar ham faol ishtirok etib, o‘z tashabbus va takliflarini ilgari surdilar. 

Rektor tomonidan bildirilgan takliflar qo‘llab-quvvatlanib, ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ulashish