Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


2025-2026 o'quv yili “Fizik innovator” to‘garagi

2025-2026 o'quv yili “Fizik innovator” to‘garagi

FIZIK INNOVATOR TO‘GARAGI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fizika sohasidagi ta’lim sifatini oshirish va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021 yil 19 martdagi PQ-5032 sonli qarori va O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2021 yil 27 martdagi №150 sonli buyrug‘i 1-ilovasining 28.3 bandi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Fizika” kafedrasi qoshida mavjud va yangilanayotgan o‘quv laboratoriya jixozlarini doimiy ishchi holatini ta’minlash va talabalarda bevosita ixtirochilik va ratsionalizarotlik g‘oyalarni shakllantirish, kreativ ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish maqsadida “Fizik innovator” to‘garagi 2025-2026 o‘quv yilida ham ish faoliyati davom etmoqda.

“Fizik innovator” to‘garigi 2025-2026 o‘quv yili “Fizik innovator” to‘garagiga “Fizika” bakalavriat yo‘nalishi talabalaridan 30 ga yaqin talabalar qiziqish bilan to‘garak faoliyatida faol qatnashish kelmoqda.

 

“Fizik innovator” to‘garagini olib borayotgan professor-o‘qituvchilar:

R.M. Ruzimov – “Fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi

A.I. Rahmanov – “Fizika” kafedrasi katta o‘qituvchisi

To‘garakning asosiy maqsadi – talabalarning intellektual va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, turli xil ixtirochilik va ratsionalizarotlik g‘oyalar va fizika fanidan laboratoriya ishlarini yaratish va takomillashtirsh usullarini qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda fan olimpiadalari, konferensiyalar va loyihalarga tayyorlash, tadqiqot va yo‘naltirilgan loyihalar orqali iroda va tanqidiy fikrlashni shakllantirish, ularni har tomonlama hayotga tayyorlash va kasbiy mahorati shakllangan oliy ma’lumotli, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun ijodkor iste’dodli yoshlaming ilmiy-ijodiy salohiyatini oshirish va talabalaming bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish orqali ularning ijodiy qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.

To‘garakning vazifalari - Talabalarni fizika fanining nazariy asoslari bilan chuqur tanishtirish va ularni mustaqil ravishda ilmiy izlanish olib borishga yo‘naltirish, talabalarning ixtirochilik va ratsionalizatorlik qobiliyatlarini rivojlantirish va to‘garak doirasida ularga o‘z g‘oyalarini ilgari surish, ilmiy asoslash va uni amalga oshirish, laboratoriya ishlarini takomillashtirish ishlarini olib borish:

- Nazariy bilimlarni chuqurlashtirish – talabalarning fizika faniga oid fundamental tushunchalarni mukammal o‘zlashtirishi, mustaqil o‘qish va izlanish ko‘nikmalarini rivojlantirish;

- Laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni takomillashtirish – mavjud laboratoriya ishlarini modernizatsiya qilish, yangi tajriba qurilmalari va metodikalar ishlab chiqish;

- Ixtirochilik va ratsionalizatorlik faoliyatini rivojlantirish – talabalarni yangi g‘oya va texnologiyalar yaratishga yo‘naltirish, ilmiy loyihalarni ishlab chiqish va himoya qilish ko‘nikmalarini shakllantirish;

- Ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish – talabalarning ilmiy maqolalar yozishi, konferensiya va seminarlarida ishtirok etishini ta’minlash, ularni ilmiy rahbarlik asosida mustaqil tadqiqot olib borishga jalb etish;

- Amaliy ijodiy qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlash – talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni turli loyihaviy ishlarga jalb qilish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish;

- Kasbiy mahoratni oshirish – kelajakda yuqori malakali mutaxassis sifatida shakllanishiga xizmat qiluvchi amaliy ko‘nikmalarni rivojlantirish, fan-texnika yangiliklaridan xabardor qilish.

- Innovatsion tafakkurni rivojlantirish – talabalarni zamonaviy texnologiyalar, yangi energiya manbalari, muhandislik yechimlari bilan tanishtirish va ularni kreativ fikrlashga o‘rgatish.

 

The 5th Open International Internet Olympiad on Physics

2025 yil 4-dekabr kuni Seyitnazar Seydi nomidagi Turkman davlat pedagogika institutida Turkmaniston mustaqilligining 30 yilligi munosabati bilan fizika fanidan V ochiq xalqaro internet olimpiadasi bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli xalqaro tadbir oliy ta’lim muassasalari talabalari va professor-o‘qituvchilari o‘rtasida do‘stona hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro manfaatli ilmiy-ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish hamda fizika fani bo‘yicha dolzarb ilmiy masalalarni tahlil qilishga xizmat qildi.

Olimpiada turkman, ingliz va rus tillarida o‘tkazilib, unda Turkmaniston, AQSH, Belarus, Ozarbayjon, Xitoy, Italiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston, Pokiston, Rossiya va Tojikiston kabi davlatlarning oliy ta’lim muassasalaridan 220 nafardan ortiq ishtirokchi qatnashdi.

Mazkur xalqaro olimpiadada Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fizika kafedrasi katta o‘qituvchilari K. Ruzimov va A. Raxmanov rahbarligida “Fizik innovator” to’garagi a’zolaridan 5 nafar talabadan iborat jamoa faol ishtirok etdi. Jamoaning qatnashuvi talabalarning nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini sinovdan o‘tkazish, shuningdek, xalqaro ilmiy muhitda tajriba almashish uchun muhim imkoniyat bo‘ldi.

Olimpiada yakunlariga ko‘ra, Urganch davlat universiteti talabalari munosib natijalarni qayd etdi. Jumladan, Rustamova Adiba va Sharipov Qobilbek fizika fanidan III darajali diplom bilan taqdirlandilar. Shuningdek, Maqsadov Diyorbek, Hasanov Jamshid hamda Jiyanmuratov Shixnazar olimpiadadagi faol ishtiroki va yuqori bilim ko‘rsatkichlari uchun maqtov yorliqlari bilan taqdirlandilar