Tabiiy va qishloq xo'jaligi fanlari fakulteti "Meva sabzavotchilik" kafedrasi o'qituvchisi O.Bobojonov tomonidan " Yosh bog'bon" to'garagi tashkil qilingan bo'lib, ushbu to'garakda "Meva sabzavotchilik" kafedrasi 15 ta talabalari 23.10.2025 yil "Tok tuplariga shakl berish va kesish texnologiyasi muddatlari va usullari" mavzusida, Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bogʻdorchilik , uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti Xorazm stansiyasida to'garak olib bordilar. Bunda to'garak rahbari O.Bobobjonov, to'garakda qatnashayotgan talabalarga tok tuplariga shakl berish usullari, muddatlari, kesish qoidalari yuzasidan bir qancha ma'lumotlar berib o'tgandan so'ng, talabalar mustaqil ravishda yok tuplariga, toklarga zarar yetkazmasdan shakl berdilar.