Urganch davlat universitetining 5 nafar talabasi "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika ko'rik-tanlovining respublika bosqichida g'oliblar safidan joy oldi
Urganch davlat universitetining 5 nafar talabasi "Mirzo Ulug'bek vorislari" respublika ko'rik-tanlovining respublika bosqichida g'oliblar safidan joy oldi
19-21-may kunlari Toshkent shahar Yoshlar markazida “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovi 3-bosqichi taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi va unda Respublika bo'yicha 100 nafar g'olib taqdirlanib, shundan Xorazmlik 12 nafar iste'dodli yoshlarimiz Respublika bosqichi g'olibiga aylandilar va Xorazm viloyati "Eng ko'p iste'dodga ega hudud" nominatsiyasi g'olibi deb e'tirof etildi.
Shulardan 5 nafari Urganch davlat universiteti talabalaridir.
Bular: Fizika-matematika fakulteti 181-matematika va 193-fizika guruhi talabalari Rajabboy Rajabov hamda Dilshodbek Rajabovlar, Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti 201-tuproqshunoslik yo‘nalishi talabasi Muxlisa Ko‘palova, Texnika fakulteti 202- ETEMET guruh talabasi Xamrayev Og'abek Oybek o'g'li, Tabiiy fanlar fakulteti 194-guruh Biologiya yo'nalishi talabasi Sulaymon Madaminovlar tanlovning Respublika bosqichida g‘oliblikni qo'lga kiritdilar.
Talalabalarimizning barchalarini mazkur yutuq bilan samimiy qutlab, keyingi ishlarida muvaffaqiyat yor bo'lishini tilaymiz!




