KPI tizimi haqida seminar mashg'uloti
2022-yil 3-iyun kuni Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti "Ingliz tili va adabiyoti"kafedrasi professor-o'qituvchilariga Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayns-nazorat" tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i X.Shihova tomonidan professor o'qituvchilar ish faoliyatini baholashning yangi tizimi, KPI tizimi haqida seminar mashg'uloti olib borildi. Bu seminar davomida professor-o'qituvchilar KPI tizimining har bir ish faoliyat uchun belgilangan me'zon ko'rsatkichlari bilan tanishtirildi. KPI me'zonlariga ko'ra ish faoliyatini olib borish universitet nufuzini oshirishga xizmat qilishi ta'kidlandi.
Ushbu seminarda kafedra a'zolari o'zlarini qiziqtirgan savollariga to'liq ma'lumot olishdi.