“Chempionlar va yoshlar” uchrashuvi
Bugun Urganch davlat universitetida oʻtkazilgan ushbu uchrashuvda universitet rektori Baxrom Abdullayev hamda Jismoniy madaniyat fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari ishtirok etdilar.
Uchrashuvda “Universiada-2022” sport musobaqalarining ayollar oʻrtasida voleybol sport turi bo'yicha final bosqichida mutloq gʻolib boʻlib, universitetimizga OLTIN MEDALni etgan Jismoniy madaniyat fakultetining voleybolchi qizlariga UrDU rektori B.Abdullayev oʻzining samimiy tilaklarini, universitetimiz sharafini munosib himoya qilganliklari uchun tashakkurini izhor etdi va 3 mln. so'mlik moddiy ragʻbatlantirish sertifikatlarini tantanali topshirdi.
Tadbirda chempionlarimizning ustoz va murabbiylari, voleybolchi qizlarning oʻzlari soʻzga chiqib, musobaqa jarayonlari va hayajonli gʻalaba taassurotlarini oʻrtoqlashdilar.




