Imkoniyati cheklangan talabalar uchun maʻnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi
Bugun Urganch davlat universitetida 3-dekabr – “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan imkoniyati cheklangan talabalar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda avvalida UrDU Birinchi prorektori S.Davletov oʼzining ezgu tilak-istaklarini izhor etib, Urganch davlat universiteti hamisha qoʻllab-quvvatlashini bildirdi.
Madaniy tadbirda isteʻdodli talabalarning kuy-qoʼshiqlari tinglandi, badiiy chiqishlari namoyish etildi.
Tadbir yakunida talabalarga universitet maʼmuriyatining diplom va faxriy yorliqlari, esdalik sovgʼalari topshirildi.
Shuningdek, Kasaba uyushma qoʻmitasi tashabbusi bilan universitetda faoliyat yuritayotgan nogironligi bor professor-o‘qituvchilar va ishchi-xodimlarga esdalik sovgʻalari ulashildi.



