Urganch davlat universitetida Yangi yil bayram shukuhi
Joriy yilning 23-dekabr sanasida UrDU Sirtqi bo'limining Maktabgacha ta'lim yo'nalishi talabalari ishtirokida UrDU akademik litseyida "Yangi yilim-yaxshi yilim" nomli ma'naviy-maʼrifiy tadbir bo'lib o'tdi.
Ushbu bayram tadbiri tanlov koʻrinishida oʻtkazilib, unda talaba-qizlar o'zlarining kasbiy yoʻnalishi asosida 4 ta shart asosida iqtidorlarini namoyon qildilar.
Tadbirda Pedagogika fakulteti "Maktabgacha ta'lim metodikasi" kafedrasi professor-o'qituvchilari hamda fakultet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi, akademik litsey jamoasi ishtirok etdi.
Bayram tadbiriga talabalar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar, qiziqarli o‘yinlar, g‘aroyib chiqishlar hamda go‘zal Qorqiz va Qorbobo yanada fayz kiritdi.