Urganch Davlat universiteti “Madaniyat saroyi”da "Bayrog‘im-g‘ururim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tadbir o‘tkazildi
2019 yil 18 noyabr kuni Urganch Davlat universiteti “Madaniyat saroyi”da “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilinganining 28 yilligi munosabati bilan "Bayrog‘im-g‘ururim" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tadbir o‘tkazildi. Unda UrDU Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori S.Davletov, Tarix fakulteti "Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari, huquq ta’limi" kafedrasi o‘qituvchisi V.Sapaev, Tarix kafedrasi o‘qituvchisi U.Xo‘jamurotovlar ma’ruza qilishdi. Tadbirda fakultetlar dekan muovinlari va talabalar ishtirok qilishdi. Tadbirning ikkinchi qismida San’atshunoslik fakulteti talaba-yoshlari ijodiy chiqishlarni ham amalga oshirishdi.