11-NOYABR - OʻZBEKISTON KASABA UYUSHMALARI KUNI
Bugun, 4-noyabr sanasida Urganch davlat universitetida shaxmat, shashka va stol tennis bo'yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqalari o'tkazildi. Musobaqalar “11-noyabr - Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari kuni” bayramiga bagʻishlandi. Unda universitetda mehnat faoliyatini olib borayotgan professor-o'qituvchilar va ishchi-xizmatchi xodimlar ishtirok etdi.
Musobaqalar yakunida g'oliblar aniqlanib, universitet Kasaba uyushma qo'mitasi tomonidan sovgʻalar topshirildi.
Urganch davlat universitetida o'tkazilgan shaxmat, shashka va stol tennis bo'yicha “Universitet birinchiligi” sport musobaqalarida O'zbek filologiyasi fakulteti Rus tili va adabiyoti professor-o'qituvchilari ham faol qatnashidilar. Jumladan, Rus tili va adbiyoti o`qituvchisi Mahmudov Umid Reimbayevich stol tennisi yo`nalishi bo`yicha o`tkazilgan musobaqada faxrli 1-o`rinni egallab universitet Kasaba uyshma qo`mitasi tomonidan munosib sovg`a bilan taqdirlandi.