Professor-o’qituvchilar muvaffqiyatlari
“1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti “Madaniyat saroyi”da ta’lim sohasidagi fidoiy mehnatlari munosib baholanib faxriy yorliq va sovg’alar topshirildi. Universitet rahbariyati
ustozlarga samimiy tilaklar bildirildi.Jumladan, Rus tili va adabiyoti kafedrasi katta o’qituvchisi O‘.S.Qalalndarovning ta’lim sohasidagi fidoiy mehnatlari munosib baholanib faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi. Tantanali bayram tadbirida ta’lim sohasida samarali
mehnat qilgan, universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilariga universitet Kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari topshirildi. Bayram tantanasi San’at kafedrasi professor-o‘qituvchilari jamoasining kuy-qo‘shiqlari, badiiy chiqishlari va talabarning sahna ko’rinishlari bilan
mehmonlarga xush kayfiyat ulashdi.