DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYASI
DISSERTATSIYA ISHI MUVAFFAQIYATLI HIMOYA QILINDI
Bugun, 20-noyabr kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi (PhD) 03/30.12.2019.Fil.55.02 sonli Ilmiy kengashning navbatdagi yigʻilishida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Fakultetlararo chet tillar kafedrasi katta oʻqituvchisi Sapayeva Feruza Norbayevna10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun «O'zbek va ingliz tillarida mifologik leksikaning struktur-semantik tadqiqi» mavzusida yozgan dissertatsiya ishini 100 % ovoz bilan muvaffaqiyatli himoya qildi.
????Universitet jamoasi nomidan Feruza sapayevani ushbu ilmiy yutuq bilan samimiy qutlab, mustahkam sogʻliq, ilm yoʻlida yuksak parvozlar tilaymiz.