Xitoylik professor UrDU talabalari bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazmoqda
Urganch davlat universiteti xalqaro ilmiy hamkorlikni kengaytirish borasida izchil faoliyat olib bormoqda. Ayniqsa, Xitoyning nufuzli Xiamen universiteti bilan yo‘lga qo‘yilgan aloqalar natijasida talabalarning amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan yangi tashabbuslar muvaffaqiyatli davom etmoqda.
Bugun Kimyoviy texnologiyalar fakulteti Kimyoviy texnologiyalar kafedrasida o‘quv jarayoni yanada boyidi. Xitoylik mutaxassis, Xiamen universiteti professori Tonni Agustiono Kurniawan kimyoviy texnologiyalar mutaxassisligi magistratura talabalari uchun ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarga jalb etildi. U o‘zining boy ilmiy tajribasi, innovatsion yondashuvlari va zamonaviy yangi texnologiyalar ularni modellashtirish haqidagi bilimlari bilan talabalarga chuqur nazariy hamda amaliy ko‘nikmalarni yetkazib berdi.
