O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi
Joriy yilning 4-fevral kuni Filologiya va san'at fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.
Seminar yig'ilishida kafedra mustaqil izlanuvchisi X.Qodirova "Laqablar tadqiqot obyekti sifatida" mavzusida, tayanch doktorant F.Masharipova "Onomastik birliklar madaniy mentallikni ifodalash vositasi sifatida" mavzularida ma'ruza qildilar.
Seminarda kafedra professor-o'qituvchi hamda ilmiy tadqiqotchilari faol qatnashdi va mavzu yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.