Close


Sun’iy intellekt – zamonaviy ta’limning muhim omili!

Bugun Urganch davlat universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Roman-german filologiyasi kafedrasida germaniyalik ekspert, sun’iy intellekt bo‘yicha mutaxassis Renate Simonayt ishtirokida professor-o‘qituvchilar uchun seminar-trening tashkil etildi.

Trening davomida sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi o‘rni va ahamiyati, zamonaviy raqamli texnologiyalardan samarali foydalanish usullari hamda o‘qitishda innovatsion yondashuvlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Ishtirokchilar amaliy mashg‘ulotlar orqali turli KI vositalaridan foydalanish bo‘yicha o‘z bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlashdi.

Ulashish: