Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti akademik litseyi qabul e’lon qiladi!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrug‘iga binoan, oliy taʼlim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi.
Akademik litsey 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:
| Ta’lim yo‘nalishlari |
O‘rinlar soni |
| Aniq fanlar (matematika, fizika) |
52 ta |
| Aniq fanlar (matematika, xorijiy til) |
52 ta |
| Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo) |
78 ta |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlar (ona tili va adabiyot, xorijiy til) |
26 ta |
| Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, geografiya) |
26 ta |
| Xorijiy tillar (ingliz tili, ona tili va adabiyot) |
78 ta
(52 o‘zb / 26 rus) |
| Xorijiy tillar (nemis tili, ona tili va adabiyot) |
26 ta |
| Xorijiy tillar (fransuz tili, ona tili va adabiyot) |
26 ta |
Jami qabul rejasi — 364 nafar o‘quvchi:
- O‘zbek tilida: 338 nafar
- Rus tilida: 26 nafar
Qadrli yoshlar!
Zamonaviy ta’lim muhiti, malakali pedagoglar va sifatli bilim olish imkoniyatidan unumli foydalaning!