Close
Skip to main content


E'LON


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti akademik litseyi qabul e’lon qiladi!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar hamda ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-oʻquv yili uchun qabul parametrlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrug‘iga binoan, oliy taʼlim tashkilotlari huzuridagi akademik litseylar va ixtisoslashtirilgan maktablarga qabul parametrlari tasdiqlandi.

Akademik litsey 2026/2027-o‘quv yili uchun o‘quvchilarni quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qishga taklif etadi:

Ta’lim yo‘nalishlari O‘rinlar soni
Aniq fanlar (matematika, fizika) 52 ta
Aniq fanlar (matematika, xorijiy til) 52 ta
Tabiiy fanlar (biologiya, kimyo) 78 ta
Ijtimoiy-gumanitar fanlar (ona tili va adabiyot, xorijiy til) 26 ta
Ijtimoiy-gumanitar fanlar (tarix, geografiya) 26 ta
Xorijiy tillar (ingliz tili, ona tili va adabiyot) 78 ta
(52 o‘zb / 26 rus)
Xorijiy tillar (nemis tili, ona tili va adabiyot) 26 ta
Xorijiy tillar (fransuz tili, ona tili va adabiyot) 26 ta

Jami qabul rejasi — 364 nafar o‘quvchi:

  • O‘zbek tilida: 338 nafar
  • Rus tilida: 26 nafar

Qadrli yoshlar!

Zamonaviy ta’lim muhiti, malakali pedagoglar va sifatli bilim olish imkoniyatidan unumli foydalaning!