O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida PF-37-son, 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” PF-60-son Farmonlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 20-avgustdagi 314-sonli buyrug`I asosida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Xorazm viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga ko‘maklashuvchi Kengash faoliyati tashkil etildi
Kengashning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilangan.
– viloyat tumanlari va shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dinamikasi, mavjud holatini atroflicha o‘rganish va ularni samarali rivojlanishi bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqish;
– viloyat iqtisodiyotining asosiy yo‘nalishlarining yalpi hududiy mahsulotdagi ulushi, ularni rivojlantirishning resurslari, imkoniyatlarini o‘rganish;
– innovatsion hududga transformatsiya qilinayotgan tumanlar tajribalarini viloyatning boshqa tuman va shaharlarida joriy qilishni tashkillashtirish;
– viloyatda innovatsion tadbirkorlikni rivojlantirish, ularning eksportdagi ulushini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan takliflar va ularni joriy qilish mexanizmlarini ishlab chiqish;
– tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi dasturlarini innovatsion, ilmiy asoslangan takliflar asosida ishlab chiqish tartibini joriy qilish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqish;
– viloyatdagi yirik sanoat korxonalarida innovatsion rivojlanish bo‘linmalarini tashkil qilish va texnologiyalar transferi bo‘yicha resurs va axborot bazalarini yaratish takliflarini ishlab chiqish;
– viloyat tuman va shaharlarida innovatsion rivojlanishning infratuzilmalarini tashkil qilish va ularga yoshlarni, tajribali olim va mutaxassislarni jalb qilish;
– maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarida bolalar va yoshlarda innovatorlik tashabbusini shakllantirish bo‘yicha tadbirlar tashkil qilish va o‘tkazish takliflarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilinishini nazoratga olish;
– hududlar ijtimoiy-iqtisodiy sohalarini ilmiy asoslangan takliflar asosida rivojlantirish doirasida yoshlar, yosh innovatorlar, ratsionalizatorlar, tadbirkorlarning tumanlar va viloyat darajasidagi ko‘rik tanlovlarini o‘tkazish va g‘oliblarni rag‘batlantirish;
– Xorazm viloyati va uning tuman va shaharlarini ilmiy asosda innovatsion rivojlanishi mavzularida ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish;
– tuman va shaharlar iqtisodiyotining ilmiy asosda rivojlanishi uchun zarur kadrlarni tayyorlashning samarali dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy qilish.
XORAZM VILOYATINI IJTIMOIY-IQTISODIY RIVOJLANTIRISH KENGASHI A’ZOLARI
– Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch Davlat universiteti rektori, Kengash Raisi;
– Xorazm viloyati hokimining moliya- iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari;
– Xorazm Viloyat hokimining o‘rinbosari - viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i.
– Urganch Davlat universitetining Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori.
– Oliy ta’lim fan va innovatsiyalar vazirligi Xorazm viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i.
– Xorazm viloyati statistika boshqarmasi boshlig'i.
– Gurlan tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalar bo’yicha o’rinbosari.
– Urganch tumani hokimining Innovatsion rivojlanish masalalar bo‘yicha o‘rinbosari;
– Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali direktori;
– Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filiali direktori;
– Urganch RANCH texnologiya universiteti rektori.;
– Urganch tumani “Tillo domor” xususiy korxonasi rahbari;
–"UzAuto Motors" AJ Xorazm viloyati filiali boshqaruvchi direktori;
– Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti dekani;
– Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti, “Biznes va boshqaruv” kafedrasi professor o`qituvchilari;
– Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti, “Iqtisodiyot” kafedrasi kafedrasi professor o`qituvchilari;
– Urganch Davlat universiteti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limi boshlig‘I;
– O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Suv muammolari ilmiy-tadqiqot markazi markaz rahbari;
– Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti Xorazm viloyati mintaqaviy bo‘linmasi rahbari;
–Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi rahbari;
–Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Xorazm ilmiy-tajriba stansiyasi rahbari.