Close
Skip to main content


E'LON


 
Abituriyentlar diqqatiga!

Bugun, 5-iyun sanasidan boshlab 2026/2027-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o'qishga kirish uchun qabul jarayonlari boshlandi.

 Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Qabul komissiyasi huzurida tashkil etilgan “Call-markaz” hamda Maslahatlar markazi abituriyentlar, ota-onalar va fuqarolarning murojaatlariga tezkor javob berish maqsadida o‘z faoliyatini boshladi. Ta’lim yo‘nalishlari, qabul tartibi, hujjat topshirish jarayonlari, imtiyozlar va boshqa masalalar yuzasidan malakali mutaxassislardan batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.

 “Call-markaz” raqamlari:

  • +998 62 224 66 17
  • +998 62 224 66 18
  • +998 62 224 66 19
  • +998 62 224 66 35

Maslahatlar markazi:

  • +998 62 224 66 05
  • +998 62 224 66 04
 Ish vaqti: 09:00 – 18:00

Hurmatli abituriyentlar!

Sizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha murojaat qiling.
Urganch davlat universiteti jamoasi sizga qabul jarayonida amaliy va maslahat yordamini ko‘rsatishga tayyor!