Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning iqtidorli bitiruvchilarini suhbat asosida test sinovlarisiz o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi
Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti bakalavriatiga 2026/2027-o‘quv yili uchun Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseylarning yo‘llanmaga ega bo‘lgan iqtidorli bitiruvchilarini suhbat asosida o‘qishga qabul qilish bo‘yicha arizalar qabuli e'lon qilindi.
Arizalar qabuli
25-iyun – 5-iyul (shu kuni ham)
Hujjatlarni quyidagi havola orqali topshirishingiz mumkin.
Ariza topshirish
Hujjatlarni topshirish tartibi
- Abituriyent UrDU rektori nomiga elektron shaklda ariza to‘ldiradi.
- Barcha hujjatlar alohida PDF formatida yuklanadi.
- Hujjatlar sifatli skaner qilingan nusxalarda bo‘lishi kerak.
- Qabul qilingan vaqt arizaning rasmiy qabul qilingan vaqti hisoblanadi.
Muhim eslatma
Agar hujjatlar belgilangan talablarga mos kelmasa, 72 soat ichida elektron pochta orqali xabarnoma yuboriladi.
Kamchiliklar bartaraf etilgach, hujjatlar qabul muddati tugaguniga qadar qayta topshirilishi mumkin.
Hujjatlarni qabul qilish muddati tugaganidan keyin hujjatlarga qo‘shimcha yoki o‘zgartirish kiritish mumkin emas.
Yakka tartibdagi suhbat
| Ko‘rsatkich |
Ma'lumot |
| Suhbat sanasi |
10–25-iyul |
| Ta'lim tili |
Abituriyent tomonidan tanlanadi. |
| Olib kelinadigan hujjat |
Biometrik pasport yoki ID-karta. |
| Davomiyligi |
30 daqiqagacha. |
| Baholash |
100 ballik tizim. |
Baholash mezonlari
| № |
Mezon |
Ball |
| 1 |
Huquqiy fanlar bo‘yicha bilim saviyasi va o‘zlashtirish darajasi |
25 |
| 2 |
Yuridik mutaxassislikni tanlashdagi motivatsiyasi |
25 |
| 3 |
Nutq madaniyati va tanqidiy fikrlash salohiyati |
25 |
| 4 |
Umumiy dunyoqarash va ijodkorlik qobiliyati |
25 |
Taqiqlanadi
- Uyali telefon olib kirish.
- Aloqa va telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish.
- Lug‘at, kitob va shpargalkalarni olib kirish.
- Boshqa abituriyentga yordam berish.
Quyidagi hollarda abituriyent o‘qishga qabul qilinmaydi:
- Yakka tartibdagi suhbatga kelmasa (0 ball).
- Maksimal ballning 56 foizi yoki undan kam ball to‘plasa.
- Yakka tartibdagi suhbat qayta o‘tkazilmaydi.