BIOTEXNOLOGIYA SOHASIDA TA’LIM VA O‘QITISH SIFATINI TAKOMILLASHTIRISH MUAMMO VA YECHIMLARI MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMAN MATERIALLARI
Mazkur Respublika ilmiy-amaliy anjuman O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi PQ-200-son qarori ijrosini taʼminlash to‘g’risida”gi 16-son buyrug’iga asosan Urganch davlat universiteti rektorining 2024 yil 26-apreldagi 59-sonli buyrug’i bilan “Biotexnologiya sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takommillashtirish muammo va yechimlari” mavzusida 2024-yil 21-22-noyabr kunlari o‘tkazildi. Ushbu toʻplamga 2024-yil 21-22-noyabr kunlari Urganch davlat universitetida “Biotexnologiya sohasida ta’lim va o‘qitish sifatini takommillashtirish muammo va yechimlari”mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plamiga bakalavr va magistrantlar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borayotgan izlanuvchi va tadqiqotchilar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, ilmiy tadqiqot institutlari olimlari va oliy o‘quv yurtlari professor-oʻqituvchilarining ilmiy ishlari kiritilgan. Mazkur to‘plamga kiritilgan materiallarning mazmuni, undagi statistik ma’lumotlar va me’yoriy hujjatlar sanasining to‘g’riligiga hamda tanqidiy fikr mulohazalarga mualliflarning o‘zlari mas’uldir.