STARTAPINGIZNI KATTA MAYDONGA OLIB CHIQING!
“President Tech Award” va “President AI Award” tanlovlari — innovatsion g‘oyalar va istiqbolli startaplar uchun yangi imkoniyat!
Aziz talabalar, yosh dasturchilar, innovatorlar va startap tashabbuskorlari!
Agar sizda raqamli texnologiyalar, sun’iy intellekt yoki innovatsion yechimlarga asoslangan startap loyihangiz bo‘lsa, uni Prezident sovrini uchun o‘tkazilayotgan nufuzli tanlovlarda sinab ko‘rish va keng imkoniyatlarga ega bo‘lishingiz mumkin.
“President Tech Award” — raqamli texnologiyalar yo‘nalishidagi eng yaxshi startaplar uchun;
“President AI Award” — sun’iy intellekt yo‘nalishidagi eng yaxshi startaplar uchun.
Tanlovlarning asosiy maqsadi — yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, eksportga yo‘naltirilgan va jahon bozorida raqobatbardosh startap loyihalarini rivojlantirish.
G‘oyangiz bor — imkoniyat sizniki! Startapingizni rivojlantiring. Innovatsiya yarating. Kelajakni bugun boshlang!
Arizalar 2026-yil 15-avgustga qadar qabul qilinadi.
- Ariza topshirish va tanlov haqida batafsil ma’lumot: awards.gov.uz