Close
Skip to main content


ELON!


Xorijda yashayotgan vatandosh abituriyentlar diqqatiga!
Xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun ajratilgan davlat grantlari asosida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida tahsil olish istagida bo‘lgan abituriyentlardan arizalar qabul qilinadi.
Vatandoshlar uchun taqdim etiladigan davlat grantlariga talabgorlarning arizalari har yili 5-sentyabrdan 15-sentyabrgacha (15-sentyabr kuni ham) universitet tomonidan tegishli ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha qabul qilinadi.
Shu munosabat bilan, davlat granti asosida tahsil olish istagidagi vatandosh abituriyentlardan belgilangan hujjatlarni 2026-yil 15-sentyabrga qadar taqdim etish so‘raladi.