E’LON!
Aziz kitobxon! Axborot-resurs markazida zamonaviy axborot-kutubxona xizmatini ko'rsatish, talab va takliflar asosida zarur o'quv va badiiy kitoblar bilan to'liq ta'minlash maqsadida amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, Axborot resurs markazi bazasiga 2026-yilda 471 nomda 4554 nusxadagi adabiyotlar kirim qilindi. Shundan, 108 nomdagi 1472 nusxa darsliklar, 174 nomdagi 1018 nusxa o‘quv qo‘llanmalar, 34 nomdagi 284 nusxa monografiyalar, 29 nomdagi 247 nusxa o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, 85 nomdagi 1022 nusxa badiiy adabiyotlar hamda 41 nomdagi 511 nusxa boshqa turdagi adabiyotlardir. Universitetimiz proffessor-o'qituvchilari tomonidan chop qilingan 332 nomdagi 1881 nusxa o‘quv adabiyotlari ARMga ta'lim yo'nalishlari kesimida adabiyotlar bilan ta'minlanganlik ko'rsatkichlarini yanada yaxshilash maqsadida hadya etildi. Quyida xarid qilingan adabiyotlarning ro'yxatini ma'lumot o'rnida havola qilmoqdamiz.
Adabiyotlarning ro'yxatini yuklab olish