Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet


KIEP “Tashrif buyuruvchi olimlar” (Visiting Scholars Program) dasturiga arizalar qabulini boshladi


KIEP “Tashrif buyuruvchi olimlar” (Visiting Scholars Program) dasturiga arizalar qabulini boshladi

Koreya Respublikasi hukumati huzuridagi Iqtisodiy siyosat instituti (KIEP) 2026-yil uchun tadqiqot dasturini e’lon qiladi. Dastur davomiyligi 1 oy bo‘lib, u Koreyaning Sejong shahridagi nufuzli institutda tadqiqot olib borish imkoniyatini beradi.

 Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • Xalqaro iqtisodiyot, moliya va turdosh soha mutaxassislari;
  • Doktorlik yoki magistr darajasiga ega bo‘lish;
  • Kamida 7 yillik ish tajribasi;
  • Ingliz tilini mukammal bilish.

 Asosiy vazifalar:

  • Mustaqil tadqiqot olib borish;
  • “World Economy Brief” formati bo‘yicha maqola tayyorlash;
  • Maxsus seminarda tadqiqot natijalari bo‘yicha taqdimot qilish.
Bosqich Muddat
Joriy ariza topshirish muddati 31-may
Navbatdagi muddat 30-noyabr
Natijalar e'lon qilinadi Iyun va Dekabr oylarida

 Topshiriladigan hujjatlar:

Hujjatlar to‘plami quyidagilardan iborat bo‘lishi lozim:

  • Rasmiy ariza shakli;
  • Tarjimayi hol (CV);
  • Tavsiyanoma xati;
  • Tadqiqot/akademik natijalarni aks ettiruvchi bitta nashr nusxasi.

Hujjatlar quyidagi elektron manzilga yuboriladi:

 outreach@kiep.go.kr