Close
  • Call
    Center

  • Class
    schedule

  • Video
    surveillance

  • Virtual
    reception

  • Reserve
    candidate

  • Green
    University



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti 90 yilligi keng nishonlandi


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tashkil topganining 90 yilligi munosabati bilan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. 

Tantanali marosimni universitet rektori v.v.b. S. Xodjaniyozov ochib berdi. Shundan so‘ng Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari S. Salayev viloyat hokimi J. Rahimovning bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B. Abdullayev ham ishtirok etib, universitetning 90 yillik sharafli tarixini, ilm-fan va ma’rifat yo‘lida erishilgan yutuqlarini, ta’lim sifatini oshirish hamda mamlakatimiz ta’lim va ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasini alohida e’tirof etdi.

Bayram tadbirida yurtimizning turli oliy ta’lim muassasalari vakillari, hamkor tashkilotlar, shuningdek, universitetning xorijdagi hamkorlari va mehmonlari ishtirok etdi.

Yubiley munosabati bilan universitet Axborot xizmati tomonidan tayyorlangan, oliygohning boy va sharafli tarixini aks ettiruvchi videolavha namoyish etildi.

Tadbir davomida universitetning bir guruh professor-o‘qituvchilariga viloyat hokimi J.Rahimov hamda Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi B.Abdullayevning Tashakkurnoma va Faxriy yorliqlari tantanali ravishda topshirildi.

Oliy ta’lim muassasalari rahbarlarining tabrik so‘zlari ham tinglandi. Jumladan: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori B.Maxkamov, Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat universiteti rektori B.Jonlibekov, Urganch davlat tibbiyot instituti rektori R.Ro‘ziboyev, Alfraganus universiteti prorektori Z.Raxmatullayev, Nukus davlat pedagogika instituti birinchi prorektori Q.Qodirov so‘zga chiqib, universitet jamoasini 90 yillik yubiley bilan samimiy muborakbod etishdi.

Shuningdek, turli oliy ta’lim muassasalari vakillari, hamkor tashkilotlar rahbarlari hamda xorijiy hamkor oliygohlar mehmonlari universitet jamoasini qutlab, ta’lim, ilm-fan va xalqaro hamkorlik yo‘nalishlarida erishilayotgan yutuqlarni alohida ta’kidladilar.

90 yillik tarix — bu mustahkam an’ana, boy ilmiy meros va porloq kelajak sari dadil qadamdir.


 

Share